.png)
Qaychi ko'tarish moslamalari
QO'LLANMA
.png)
a) Pultdagi va ko'tarish moslamasidagi qizil aval (favqulodda) tugmachalarni bosib qo'yib yuboring (ochiq holatga keltiring).

b) Pultdagi batareya zaryadi indikatorini tekshiring.

Kalitning holati ko'tarish moslamasining ish rejimini belgilaydi:
a) kalit chap holatga o'rnatilganda, ko'tarish moslamasini pultdan boshqarish faollashadi;

b) kalit o'ng holatga o'rnatilganda, platformaning aval (favqulodda) tushirilishi va ko'tarilishi (sariq rangli tumbler/o'zgartkich yordamida) faollashadi;

c) kalit markaziy (o'rta) holatga o'rnatilganda, ko'tarish moslamasi o'chiriladi.

a) Djoystikdagi faollashtirish tugmachasi bosib ushlab tutilganda va djoystik egilganda, ko'tarish moslamasi kerakli yo'nalishda harakatlanadi.
.png)
b) Ko'tarish moslamasini chapga/o'ngga boshqarish djoystikning yuqori qismida joylashgan tugmani bosib ushlab turish va djoystikning o'zini faollashtirish orqali amalga oshiriladi.
.png)
c) Boshqaruv pultida harakatlanish tugmasi faollashtirilgan bo'lishi kerak (avtomatik tarzda).
Pultdagi tugmani bosish orqali rejimni faollashtiring (rasmda qaychi ko'tarish moslamasi ko'rsatilgan). Djoystikni oldinga (o'zizdan uzoqqa) siljitish orqali platforma ko'tariladi va djoystikni orqaga (o'zingizga) siljitish orqali platforma tushiriladi.

a) Ushbu tugmani bosish orqali harakatni sekinlashtirish yoki tezlashtirish funksiyasi
faollashtiriladi.
b) Platforma ko'tarilgan holatda harakatlanish mumkin, lekin faqat minimal tezlikda.
a) Platforma ko'tarilganda xavfsizlik pardasi (panjarasi) faollashadi.
.png)
b) Oddiy (ishchi) rejimda platforma xarakterli signal eshitilgunga qadar tushadi, so'ngra djoystikni qo'yib yuborib, qaytadan bosib ushlash kerak.

c) Kutilmagan vaziyat yuz berganda, majburiy tushirish ko'tarish moslamasining pastki qismida o'rnatilgan richag yordamida (uni o'zingizga tortib) amalga oshiriladi.
.png)
a) Foydalanish qulayligi uchun ba'zi modellarda platformaga 220V rozetka o'rnatilgan bo'lib, unga elektr asboblarini ulash mumkin.

b) Ish tugagach, qaychi ko'tarish moslamalarini zaryadga qo'yish kerak, platformaning pastki qismida indikator yonadi.
