
Tirsakli ko‘tarish
moslamalari qo‘llanmasi

Kalitning holati ko‘tarish moslamasining ish rejimini belgilaydi.

Chap holatda savatchadan boshqaruv faollashtiriladi.

O‘ng holatda esa, dvigatel bo‘linmasida joylashgan boshqaruv paneli orqali tirsakli strela va savatchani boshqarish faollashtiriladi.

Streleani yerdan turib boshqarish uchun ko‘tarish moslamasini ishga tushirish kerak. Buning uchun qizil tugmachani bosib qo‘yib yuboring va kalit tasviri tushirilgan tumbler (o‘zgartkich)ni yuqoriga qarab bosib ushlab turing. Streleaning harakati yashil tugma va boshqaruv panelidagi ko‘tarish moslamasi sxemasida joylashgan tegishli tumblerlar (o‘zgartkichlar) bir vaqtning o‘zida bosib ushlab tutilganda faollashadi.

Ko‘tarish moslamasining harakati, streleani boshqarishdan farqli o‘laroq, faqat savatchadan turib amalga oshirilishi mumkin. Dvigatel bo‘linmasida joylashgan boshqaruv panelidagi kalitning holatini tekshiring. Kalit chapga burilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, qizil tugmaning holatini ham tekshiring. U bosib qo‘yib yuborilgan (ochiq) holatda bo‘lishi kerak.

Savatchada, boshqaruv paneli oldidagi xavfsizlik to‘sig‘ini (panjarasini) o‘zingizga tortib, mahkamlashingiz (bosib ushlab turishingiz) kerak.


Ko'tarish moslamasini ishga tushirish uchun paneldagi qizil tugmani bosib qo'yib yuboring va kalit tasviri tushirilgan tumbler (o'zgartkich)ni yuqoriga qarab bosib ushlab turing.



Djoystiklar, tumblerlar (o'zgartkichlar) va savatcha asosida joylashgan pedel yordamida g'ildiraklarni boshqarish, shuningdek, streleani ko'tarish va aylantirish (burish) mumkin.


Nishab (qiya) yuza bo'ylab harakatlanish uchun tumbler (o'zgartkich) chapga suriladi. Nishabli yuzada harakatlanish belgisi (rasmi) mavjud. Ko'tarish moslamasining harakat tezligi tumbler (toshbaqa (sekin) / quyon (tezroq)) yordamida boshqariladi.

Ish tugagandan so'ng, kalitni markaziy holatga burang.

Tirsakli ko'tarish moslamalari
BOSHQARUV BO'YICHA ESLATMA